Shavkatjon Abdurazzoqov Senat a’zosi etib saylandi

Jamiyat

image

Namanganda Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisda yashirin ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, 6-Serob saylov okrugidan deputat, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqladi.

Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlis o‘z ishini yakunladi.

Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Senat a’zosi etib saylangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkatjon Abdurazzoqov

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing