Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
18 aprel
4343Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning tegishli qarori bilan Zuhriddin Bahriddin o‘g‘li Bahriddinov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Zuhriddin Bahriddinov 1985 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – moliya, davlat moliyasini boshqarish. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti, 2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2008-2020 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 2020-2024 yillarda Namangan viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Faxriddin Baxtiyorovich Qo‘shoqov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi