Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
11226Bugun, 19 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzoqov nomzodini viloyat hokimligiga tavsiya qildi.
“Bir joyga rahbar qo‘yishdan oldin uni turli lavozimlarda sinab ko‘ramiz. Shavkat Abdurazzaqov ham Vazirlar Mahkamasida ishladi, Namangan tumani, Namangan shahrida hokim bo‘ldi, o‘zini ko‘rsatdi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xalq deputatlari Shavkatjon Abdurazzoqov nomzodini Namangan viloyati hokimi etib tasdiqladi.
Shavkatjon Abdurazzoqov 2020 yil 25 sentyabrdan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi edi.
Shavkatjon Abdurazoqov 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Viloyat hokimligi, davlat mulki boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
LiveBarchasi