Foto: Namangan viloyati hokimining Prezident borgan abgor mahalladagi uyi tayyor bo‘lmoqda
Jamiyat
−
26 fevral 2021
31040O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida kutilmaganda Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasiga kirib, mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.
Tashrifdan so‘ng viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu mahalla aholisi bilan uchrashib, “Bunyodkor” mahallasiga ko‘chib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
“Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi”, degan edi Shavkatjon Abdurazzoqov aholi bilan uchrashuvda.
Hozirda hokim vaqtincha yashash uchun ko‘chib o‘tadigan “viloyat hokimining uyi” deyarl tayyor bo‘ldi. “Xalq so‘zi” nashri uning suratlarini e’lon qildi.
Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, barcha qulayliklarga ega konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘ralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham qurilmoqda.
LiveBarchasi