Shavkat Rahmonov Ro‘ziboyevning sobiq raqibining ustidan kuldi

Sport

image

Qozog‘istonlik aralash yakkakurash jangchisi Shavkat Rahmonov amerikalik Xoakin Baklini masxara qildi.

Bakli Rahmonovni potensial raqib sifatida tilga oldi. Xoakin Sent-Luisdagi turnirda o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ustidan g‘alaba qozonganidan keyin Konor Makgregorni jangga chaqirdi. Biroz vaqt o‘tgach esa Xoakin braziliyalik Gilbert Byornsga chaqiruv tashladi.

“Men sening Konor jang qilmoqchi ekanligingni eshitib, seni aqldan ozgan deb o‘yladim, to‘g‘risi bu safar sen haqiqatdan ham o‘zingdan ketib qolding”, deydi Rahmonov.

2023 yilning 16 dekabrida Rahmonov UFC 296 musobaqasida amerikalik Stiven Tompsonni bo‘g‘ish orqali mag‘lub etdi. Qozog‘istonlik sportchining MMA bo‘yicha rekordi hozirda 18:0 ni tashkil etadi. 30 yoshli Bakli esa MMAda 25 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alabaga erishgan, 6 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Shavkat Rahmonov Xoakin Bakli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made