Chimyonda 17 yashar yigit qor-chang‘i transportida uch kishini bosib ketdi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
10664Tog‘da ehtiyotsizlik bilan qor chang‘i uchish fojia bilan yakunlandi. 17 yashar yigit qor-chang‘i transportida 3 kishini bosib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzaridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 5 yanvar kuni soat tamxminan 11:00 atrofida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Chimyon” tog‘-chang‘i dam olish oromgohida yuz bergan.
17 yashar B.E. YAMAHA VK540B rusumli qor-chang‘i transportini boshqarib ketayotganida, tepalikdagi qiyalikdan havo to‘ldirilgan matrasda tushib kelayotgan 22 yoshli M.M., 23 yoshli A.A. va 20 yoshli A.A.larni bosib ketgan.
Oqibatda 3 nafar jabrlanganlar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi