“Amirsoy”da ilk qurbon: yosh chang‘ichi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
07 yanvar 2020
17530Bugun, 7 yanvar kuni ochilganiga ko‘p bo‘lmagan “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurortida bir odam halok bo‘ldi. Bu haqda kurort ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Bugun odatdagidek 16:20 larda “Amirsoy Resort” kurortining chang‘i uchish trassasi yopilayotganda bir odam muassasa xodimiga yosh chang‘ichi yo‘qolib qolganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng kurort qutqaruvchilari qidiruvni boshlagan.
Oradan 30 daqiqalar vaqt o‘tgach, qutqaruvchilardan biri yo‘qolgan chang‘ichini kurort hududidan tashqarida hayotiy belgilari bo‘lmagan holda topgan. 50 daqiqa davomida 98 nafar professional qutqaruvchi va ikki shifokor uni jonlantirishga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
“Amirsoy Resort” kurorti barcha xodimlari nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, ushba kurortning ochilganiga hali bir oy ham to‘lgani yo‘q. U 2019 yilning 21 dekabr kuni foydalanishga topshirilgandi.
LiveBarchasi