Bo‘stonliqda qor ko‘chdi

Jamiyat

image

28 yanvar kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon hududida qor ko‘chdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishisha, soat 06:00-11:00 oralig‘ida Chimyon hududida yog‘gan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 300 metr kub hajmdagi 1 ta qor ko‘chkisi kuzatilgan. Talofat va jabrlanganlar yo‘q.

Bildirilishicha, O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo o‘zgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 27-30 yanvar kunlari bo‘lgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chimyon Bo'stonliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing