Shvetsiyada terakt uyushtirishda ayblangan shaxs o‘zbekistonlikmidi?
Jamiyat
−
30 avgust 2019
4583Avvalroq, Shvetsiyaning Estersund shahrida O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilgan shaxs terrorchilik akti uyushtirishga tayyorlanish ayblovi bilan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyada qo‘lga olingan shaxs o‘zbekistonlik ekanini rasman inkor qildi.
“Terroristik fitnani tashkillashtirish va 2017 yil 7 aprelda Stokgolm shahridagi fojiali voqealarga aloqadorlikda gumonlanib Estersund shahrida (Shvetsiya) o‘zbekistonlik deb, taxmin qilinayotgan shaxsning qo‘lga olinishi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumot munosabati bilan mamlakatimizning Berlin shahridagi Elchixonasi o‘z konsullik okrugiga kiruvchi Shvetsiya Qirolligi tomoniga so‘rovnoma yo‘lladi.
29 avgust kuni diplomatik vakolatxona Estersund shahri okrug sudidan qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi emasligi to‘g‘risida rasmiy javob oldi”, deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib o‘tamiz, gumonlanuvi Estersund shahri markazida SÄPO (Shvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati) xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
LiveBarchasi