Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image

Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, suhbatda O‘zbekiston Respublikasi bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 

Unda turli hamkorlik formatlarida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan. Xususan, yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda Janubiy Koreyaning bank-moliya institutlari bilan yangi sheriklik dasturini shakllantirishdan manfaatdorlik bildirilgan.

Muloqot davomida qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishini joriy yilning oxirigacha o‘tkazishga kelishib olingan.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Janubiy Koreya telefon muloqot Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing