Shavkat Mirziyoyev YeOII sammitida ishtirok etadi
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
5249O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan ertaga, 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi.
Tadbirda YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonning YeOII bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joiz, shu yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan edi.
Avvalroq, joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston rasman Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi