Buxoroda 300 mln dollarlik yangi aeroport quriladi
Jamiyat
−
19:40 669 3 daqiqa
Buxoro şahrida qiymati 300 million dollar bölgan yangi xalqaro aeroport va uni şahar bilan boğlovçi 23,5 kilometrlik yöl barpo etiladi. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan Buxoro şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari böyiça yiğilişda söz bordi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari bölajak tadbirlar Buxoroning boy tarixiy merosi va bugungi salohiyatini namoyon etiş bilan birga, viloyatni rivojlantirişga xizmat qilişi kerakligini ta’kidlagan. Buning uçun tayyorgarlikni tadbirlar ötadigan joylar bilan çeklamay, transport, xizmat körsatiş, xavfsizlik va şahar infratuzilmasini yaxlit holda rivojlantiriş zarur.

Yiğilişda oliy darajadagi uçraşuvlar va yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş masalalari körib çiqilgan. Har bir vazirlik va idoraga xorijiy hamkorlar bilan öz yönalişi böyiça mazmunli muloqotga tayyorgarlik köriş, mamlakatdagi islohotlarning amaliy natijalarini körsatiş va yangi qöşma taşabbuslar işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.

Jamoat xavfsizligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoroda zamonaviy vaziyat markazlari faoliyatini yölga qöyiş, jamoat joylari va sayyohlik ob’ektlaridagi holatni raqamli texnologiyalar yordamida kuzatiş, yöl harakatini boşqariş hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça rejalar muhokama qilingan. Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olişda profilaktika inspektorlari va “mahalla yettiligi” hamkorligini kuçaytiriş zarurligi qayd etilgan.

Prezident Buxoroga kelgan mehmon avvalo aeroport, vokzal va yöllar holatiga e’tibor qaratişini ta’kidlagan. Şu bois qiymati 300 million dollar bölgan yangi xalqaro aeroport qurilişi, uni şahar bilan boğlovçi 23,5 kilometrlik yölni barpo etiş va yöl böylarini kökalamzorlaştiriş işlari körib çiqilgan. Temir yöl vokzallari atrofini obodonlaştiriş, avtoturargohlar, yoritiş, servis va jamoat transporti qatnovini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berilgan. Şahar va tumanlarni vokzallar bilan boğlaş uçun qöşimça 120 ta avtobus jalb etiş belgilangan.

Buxoroning iqlim şaroitini hisobga olgan holda yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxt va butalar ekiş bilan birga, ularning parvarişi uçun suğoriş hamda drenaj tizimlarini taşkil etiş masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Xalqaro tadbirlardan investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun foydalaniş zarurligi ta’kidlangan. Sanoat kooperatsiyasi, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, transport-logistika va eksport sohalarida xorijiy şeriklar bilan amaliy kelişuvlarga erişiş böyiça takliflar körib çiqilgan. Şuningdek, viloyatda qayta tiklanuvçi energetika loyihalari, elektr energiyasini uzatiş va saqlaş infratuzilmasini rivojlantiriş işlari muhokama qilingan.

Buxoroning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik imkoniyatlarini kengroq namoyon etiş bilan birga, mehmonlarni hududdagi zamonaviy korxonalar, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalaridagi işlar bilan bevosita taniştiriş muhimligi qayd etilgan. Aholi bandligini ta’minlaş, daromadlarni oşiriş, soğliqni saqlaş va madaniyat sohalaridagi özgarişlarni ham amalda körsatiş vazifasi qöyilgan.
Davlat rahbari tayyorgarlik jarayonida quriladigan har bir ob’ekt va joriy etiladigan har bir tizim tadbirlardan keyin ham buxoroliklarga xizmat qilişi lozimligini ta’kidlagan. Mutasaddilarga hududlarga çiqib, işlarning borişini şaxsan örganiş, muammolarni joyida hal etiş va barça vazifalar ijrosini qat’iy muvofiqlaştiriş böyiça körsatmalar berilgan.
Live
Barchasi