Shavkat Mirziyoyev yana Sardobaga bordi

Jamiyat

image
Hukumat a’zolari va viloyat hokimlari Sirdaryoga bordi north_east

Hukumat a’zolari va viloyat hokimlari Sirdaryoga bordi

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga bordi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida aytib o‘tildi.

Prezident Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mahalliy aholi vakillari va mutasaddilar bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida yaqin atrofdagi hududlarni suv bosib qolgandi. Suv toshqini natijasida ko‘plab uylarga jiddiy zarar yetgan.

Toshqin sodir bo‘lgan kunning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Sardobaga yetib borib, ahvol bilan tanishgan va fuqarolar bilan uchrashgandi.

Toshqin sabab 100 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelgan. Hozirgi vaqtda ularning asosiy qismi o‘z uylariga qaytishgan. Qator tashkilotlar tomonidan hududda tozalash, infratuzilmani qayta tiklash va zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlash ishlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sardoba suv ombori

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing