Hukumat a’zolari va viloyat hokimlari Sirdaryoga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha viloyatlar hokimlari “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan talafot ko‘rgan Sirdaryo viloyatiga bordi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati vakili ma’lum qildi.

Hokimlik vakilining ma’lum qilishicha, Hukumat a’zolari ham Sirdaryoda bo‘lib turibdi.

Hozirda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida viloyatlar ko‘magi bilan tiklanadigan xonadonlar soni shakllantirilgan. Har bir viloyatga imkoniyatidan kelib chiqib 100 dan ortiq xonadon biriktirilgan.

Uylarni tiklash uchun joylardan maxsus poyezdlarda yuzlab mutaxassislar — g‘isht teruvchi, beton quyuvchi, pardozlovchi va boshqa mutaxassislar Sirdaryoga keltirilyapti.

Xususan, Namangan viloyatidagi 50 dan ortiq pudratchi tashkilot 800 dan ziyod ishchi-xodimini Sirdaryoga safarbar qilmoqda. Ular safida betonchi, payvandchi, g‘isht teruvchi, bo‘yoqchi, duradgor va boshqa qurilish ustalari bor. Mirzaobod tumanining Navbahor mahallasida Namangan nomidan 135 ta xonadon qad rostlaydi.

Quruvchilarni kutib olish, joylashtirish va ishga taqsimlash bilan viloyat hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi shtab shug‘ullanmoqda. 

Viloyat rahbarlari ikki kun davomida Sirdaryoda bo‘lishi va shundan so‘ng bu yerda bajariladigan ishlar yuzasidan mamlakat rahbariyatiga hisobot berishi ko‘zda tutilgan.

Tez orada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Sirdaryoga borishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Sardoba suv ombori

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing