Shavkat Mirziyoyev uch kun O‘zbekistonda bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun bugun, 13 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketadi. 

SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Bishkekdagi sammitdan so‘ng, 15 iyun kuni  Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbek shahriga jo‘nab ketadi. 

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti "Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan" mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo‘lib o‘tadigan sammitlardagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ShHT

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing