Prezident Sirdaryoda toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlariga bosh-qosh bo‘lib turibdi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborda yuz bergan vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24“ telekanalidagi yangiliklar dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari bugun suv omboriga borib to‘g‘onni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash borasida tavsiyalar berdi. Shundan so‘ng, Prezident ofatdan katta zarar ko‘rgan Sardoba tumani Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Hukumat komissiyasi a’zolari hududni tozalash, sanitar holatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Davlat rahbari qishloq ichiga kirib, xonadonlarga yetgan zararni ko‘zdan kechirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda sirdaryolik faollar va jamoatchilik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 may kuni Sardoba suv omborida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ushbu vaziyat xronologiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sardoba suv ombori

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing