Mirziyoyev shu haftada avval Qirg‘izistonga, keyin Tojikistonga safar qiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14-15 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AP xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) davlatlari yetakchilari sammitida ishtirok etadi. 

Sammitda Xitoy, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh, Shri-Lanka, Turkmaniston va O‘zbekistondan davlat rahbarlari ishtirok etadi. OHICHKga a’zo 15 davlatdan Bosh vazir, vitse-Bosh vazir va tashqi ishlar vazirlari sammitda qatnashadi.

Nashrning qayd etishicha, Tojikistonda bu qadar VIP-shaxslar shu vaqtgacha hech to‘planmagan.

Barcha davlat rahbarlarida sammitda ishtirok etishdan tashqari, bir qancha ikki tomonlama muzokaralar ham belgilangan.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonda ham kutishyapti. 13-14 iyun kunlari Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘izistonda o‘tadigan SHHTSammitida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, Hindiston, Pokiston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirk etishi kutilyapti. Sammitda Prezident va Bosh vazirlardan tashqari, SHHT Bosh kotibi va mintaqaviy aksil terror tuzilmasi rahbari ham ishtirok etadi.

Avvalroq, joriy yilning 14-15 iyun kunlari Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) davlatlari yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing