Shavkat Mirziyoyev Rossiya vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2022
6720O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosar, Sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.
LiveBarchasi