Şavkat Mirziyoyev ertaga Qozoğistonga boradi

Jamiyat

−

image

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi podşohi Abdulla II ning taklifiga binoan joriy yilning 5-6 noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Ostona şahrida böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlaş, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda işlatilişiga qarşi kuraşiş, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarişda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.

Aqaba jarayoni 2015 yilda Podşoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbus bölib, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda xavfsizlikni ta’minlaş sohasida tajriba almaşiş va qöşma sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing