Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Budapeshtga yetib bordi (video)
Jamiyat
−
20 may
5503Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 19 may kuni rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston Prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 19-22 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi. Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.
LiveBarchasi