Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19-22 may kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida bo‘ladi. U yerda oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mamlakat rahbari 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida mamlakat Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif davomida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Viktor Orban Vengriya Sloveniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing