Shavkat Mirziyoyev prezidentlik poygasiga qo‘shildi
Jamiyat
−
12 may 2023 11744 1 daqiqa
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 may kuni partiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda muddatidan ilgari o‘tadigan prezidentlik saylovida Liberal-demokratik partiya nomzodini ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan.
Partiya siyosiy kengashi a’zolari amaldagi Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya s’ezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan ma’qullagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kunm Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev Ekologik partiyadan Prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan edi. Bugun, 12 may kuni esa Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan esa Robaxon Mahmudova Anvarovna prezidentlikka nomzod sifatida partiyalarning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
Live
Barchasi