Shavkat Mirziyoyev Xorazmga yetib bordi

Jamiyat

image
Eng yaxshi aeroportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bormi? north_east

Eng yaxshi aeroportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bormi?

Bugun, 1 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida Xorazm viloyatiga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari viloyatga yetib borishi bilanoq, Xorazmda ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar, dam olish va savdo markazlari barpo etilayotgani, kelajakda sayyohlar oqimini 5 millionga yetkazish maqsad qilinganini aytdi. Ammo Urganch xalqaro aeroporti aholi va mehmonlarning talabiga to‘la javob bermayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun bu aeroportni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi. Prezident kompaniya va loyiha rahbarlari bilan suhbatlashdi. Kompaniya prezidenti Inchon xalqaro aeroporti sig‘imi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turishi, servis bo‘yicha yetakchilardan biri ekanini aytdi. Urganch kompaniyaning ikkinchi aeroporti bo‘lishini ta’kidlab, uni yangilash va boshqarish rejalarini ma’lum qildi.

Xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda samolyotlar olib kelib, tashuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu sheriklikdan foydalanib, servis bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish, o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi ob’ektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm Urganch xalqaro aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing