Eng yaxshi aeroportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bormi?

Olam

image

2025 yilda dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingida birinchi o‘rinni Singapurdagi Changi aeroporti egalladi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning dunyo aviakompaniyalari va aeroportlarini baholash bilan shug‘ullanuvchi Skytrax kompaniyasi xabar berdi.

2025 yilning eng yaxshi aeroportlari reytingida peshqadam bo‘lgan Changi ushbu o‘ringa 13-marotaba loyiq ko‘rildi. Aeroportning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p. Ulardan eng asosiysi – aviayo‘lovchilarda o‘z yuklarini roppa-rosa 48 soat oldin topshirish imkoniyatining mavjudligidir. Changida savdo markazi, ko‘plab yopiq bog‘lar, kapalaklar markazi va dunyodagi eng katta sharshara mavjud. Aeroportda spa-salonlar, mehmonxonalar, badiiy san’at asarlarining ko‘rgazmalari, muzey, kinoteatr va dinozavrlarning tematik bog‘i joylashgan.

Ikkinchi o‘rin esa Qatarning Hamad xalqaro aeroportiga nasib etdi. Keyingi pog‘onalarni Yaponiyaning Tokio Haneda hamda Janubiy Koreyaning Seul xalqaro aeroportlari band qilgan. Ulardan Tokiodagi havo bandargohi eng gavjum va dunyodagi eng toza aeroport hisoblanadi. 5-6-o‘rinlarni ham aynan kunchiqar mamlakat aeroportlari – Narita va Hongkong egallagan.

Reytingning keyingi qatorlarida Parij, Rim, Myunxen, Syurix aeroportlari keltirilgan. Istanbul aeroporti esa oilaviy sayohatlar uchun eng qulay aeroport sifatida reytingda 14-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, Top-20 havo bandargohlari qatoriga Yevropaning 9 ta aeroporti kiritildi. Parijdagi Sharl de Goll aeroporti esa ketma-ket uchinchi yil Yevropaning eng yaxshi aeroporti deya tan olingan.

O‘zbekistonda ham ko‘plab aeroportlar mavjud. Ammo ularning birortasi ushbu reytingda qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport aviakompaniya Tokio Seul Changi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing