Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
26 yanvar 2023
4507Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif davomida ikki tomonlama mustahkam kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida “Qirg‘iziston-O‘zbekiston” biznes-forumi tashkil etilgandi. Unda kimyo, elektrotexnika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, charm mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq bo‘lgan mustahkam kelishuvlar to‘plami imzolandi.
LiveBarchasi