Shavkat Mirziyoyev dekabrda Koreyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning dekabr oyida Janubiy Koreyaga safar qiladi. Bu haqda Koreya Prezidenti Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tgan.

“O‘zbekiston Respublikasi xalqining faol qo‘llab-quvvatlashi bilan Prezident lavozimiga muvaffaqiyatli qayta saylanganingiz bilan Sizni samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Sizning mohirona rahbarligingizda O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini davom ettirishiga ishonaman”, degan Mun Chje In.

Koreya rahbari Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatida faoliyatining ikkinchi muddati davomida yaqin hamkorlik qilish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga umid bildirgan.

“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman. Sizga mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston Respublikasiga esa abadiy ravnaq tilayman”, degan Koreya Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qilib, rasman ikkinchi Prezidentlik muddatiga kirishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing