Shavkat Mirziyoyev AQSH kompaniyalari bilan yirik loyihalarni muhokama qildi
Jamiyat
−
16 iyun 2408 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQSHning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda AQSH Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSH – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, shuningdek, “Air Products”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investments”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari hamda boshqa qator kompaniyalar vakillari ishtirok etgan.
Davlat rahbari mazkur uchrashuv so‘nggi yillarda shakllangan yaxshi an’ananing davomi ekanini, shuningdek, AQSH ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganining yorqin tasdig‘i ekanini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning asosiy tayanch yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlangan.
Prezident ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tgan. Xususan, muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda boshqa istiqbolli sohalarda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
AQSHning yirik kompaniyalari rahbarlari esa O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha aniq taklif va rejalarini taqdim etgan.
Davra suhbati yakunida O‘zbekiston va AQSHning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust