Shavkat Mirziyoyev 4-sinf o‘quvchiga avtomobil sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida jonli ijroda qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga mashina sovg‘a qildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Xorazmning Urganch tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Reimboyev jonli ijroda Komiljon Otaniyozov repertuaridan qo‘shiq kuylab, o‘z mahorati bilan yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan.

“Otamurodning iste’dodi va sahnadagi chiqishi Prezidentimiz tomonidan alohida e’tirof etilib, avtomobil sovg‘a qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur uchrashuv chog‘ida yoshlar uchun bir qator yangiliklar e’lon qilindi.  Jumladan, endilikda O‘zbekistonda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi. Shuningdek, jazoni o‘tagan yoshlar uchun “Ikkinchi imkon” loyihasi boshlanadi. Yoshlar ishlari agentligida Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinadi. “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida stajirovka qiladigan oliygoh bitiruvchilariga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Otamurod Reimboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing