Jazoni o‘tagan yoshlar uchun “Ikkinchi imkon” loyihasi boshlanadi
Jamiyat
−
24 fevral 1891 1 daqiqa
O‘zbekistonda jazoni o‘tagan yoshlar uchun “Ikkinchi imkon” loyihasi boshlanadi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev va yoshlar uchrashuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlangan. Buning uchun “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlanadi.
Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.
Mazkur tizim joriy yil 1 iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida stajirovka qiladigan oliygoh bitiruvchilariga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan edi.
Live
Barchasi