Shariman? Putin Jeenbekov bilan uchrashuvda “qovun tushirdi” (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning samimiy va buyuk do‘sti Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat rahbari Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni boshqa ism bilan atadi. Putin muzokaralar boshlanishida Jeenbekovni Shariman degan.

Bunday kulgili hodisa Sooronbay Jeenbekov joriy yilning 28 sentyabr kuni Rossiyani Sochiga shahriga tashrif buyurganda yuz bergan. 

Davlat telekanallari uchrashuvdan olingan lavhada Vladimir Putinning “qovun tushirgan” joyini kesib tashlagan. Efir Prezidentlarning salomlashgani va Jeenbekovning minnatdorlik bildirgani bilan boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov uchrashuv vaqtida Putin Qirg‘izistonning samimiy va buyuk do‘sti ekanini, mamlakat har qachon Rossiyaga suyana olishiga ishonishini e’tirof etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

1883

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing