Shaxmat Olimpiadasi sovrindori mashina berilmaganidan xafa ekanini bildirdi

Sport

image

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining taxtalar kesimida 5-taxtada kumush medalga sazovor bo‘lgan Nodira Nodirjonova OAVga qizlar jamoasiga mashina va pul mukofoti kabi sovg‘alar berilmaganidan xafa bo‘lganini aytdi.

“Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan, albatta, xafaman. Yozgi Olimpiada ishtirokchilarini yaxshi taqdirlashdi, paralimpiyachilarni ham yaxshi taqdirlashdi. Kumush medalni olishim oson bo‘lmadi, bor kuchim va energiyamni berib, harakat qildim”, deydi Nodirjonova.

Qayd etish joiz, 2022 yilgi Prezident qarorida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan sportchilar taqdirlanishi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchiga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari berilishi kerak, biroq Nodirjonovaga hech qanday mukofot puli ham, avtomobil ham berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Shaxmat Nodira Nodirjonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made