Ikkalamiz ham juda yaxşi öyin körsatdik – Gukeş
Sport
−
1470 1 daqiqa
Şaxmat böyiça amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning birinçi partiyasi yuqori saviyada bölib ötganini va har ikki şaxmatçi ham yaxşi öyin körsatganini aytib ötdi. Bu haqda Gukeş “Hindustan Times” naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Menimça, bu juda yuqori saviyadagi öyin böldi. Pozitsiya butun partiya davomida teng körindi. Odatdagidek, hal qilinişi kerak bölgan ayrim kiçik muammolar bor edi. Biroq, nazarimda, ikkalamiz ham juda yaxşi öyin körsatdik”, deydi Gukeş.
Jahon çempionligi uçun bahs Şveysariyaning Jeneva şahrida bölib ötmoqda. Birinçi partiyadan söng hisob 0,5:0,5 körinişiga keldi.
Mazkur uçraşuv klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun ötkazilgan eng yoşlar örtasidagi bahs sifatida tarixga kirdi. Har ikki grossmeyster ham musobaqa boşlangan paytda 20 yoşda edi. Bugun, 25 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning ikkinçi partiyasi bölib ötadi.
Live
BarçasiXitoy kosmik kema uçirdi
11:23