Sindorov Dommaraju bilan durang öynadi
Sport
−
1107 2 daqiqa
Bugun, 24 noyabr kuni özbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukeş Dommaraju şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsni boşladi. Ilk partiya Jeneva yaqinidagi Koloni şahrida joylaşgan Martin Bodmer jamğarmasida ötkazildi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlandi va 22:42 ga qadar davom etdi. Öyinda Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju durangga imzo çekdi.
Ma’lumot uçun, amaldagi jahon çempioni va unga da’vogarning har ikkisi ham 20 yoşda. Jahon şaxmati tarixida çempionlik uçun bunday yoşdagi ikki şaxmatçi örtasida bahs heç qaçon ötkazilmagan.
Gukeş 2024 yil dekabr oyida Singapurda qölga kiritgan jahon çempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda. U xitoylik Din Lirenni 7,5:6,5 hisobida mağlub etib, finalning 14-partiyasida hal qiluvçi ğalabaga erişgan edi. 18 yoşida hindistonlik şaxmatçi tarixdagi eng yoş mutlaq jahon çempioniga aylangan va Garri Kasparovning 22 yoşida çempionlikni qölga kiritiş böyiça rekordini yangilagan.
Biroq amaldagi çempion uçun unvonini himoya qiliş oson bölmasligi mumkin. Noyabr oyidagi Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida Gukeş 2710 oçko bilan 26-örinda bormoqda. Sindorov esa 2782 oçko bilan törtinçi örinni egallagan. Özbekistonlik şaxmatçining ustunligi 72 oçkoni taşkil etadi.
Live
Barçasi