Shaxmat chempioni Abdusattorovga berilgan uy qaytarib olindimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga Prezident farmoniga muvofiq berilgan uyning kaliti olib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi tomonidan ushbu xabarlarga munosabat bildirildi. 

“Shaxmatning rapid yo‘nalishida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan va unga Prezident sovg‘asi sifatida Toshkent shahar Maxtumquli ko‘chasi 91/1 uy manzilidan ikki xonali kvartiraning kalitlari topshirildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu voqea blogerlarning o‘z obunachilarini ko‘paytirishga urinish sifatida baholandi va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Davrukov dunyo tarixidagi eng yosh jahon chempioni va uning ota-onasini 2 xonali kvartira bilan tanishtirgani ma’lum qilingan:

“Turli yolg‘on va bo‘hton xabarlar tarqatish orqali o‘z obunachilarini ko‘paytirishga odatlangan blogerlar yana “hunarlarini” ko‘rsatishmoqda. Jumladan, ular uyalmasdan Nodirbek Abdusattorovga sovg‘a qilingan uy kalitlari qaytarib olindi, degan mazmundagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishmoqda. Eng yomoni, xalqimiz ham shu yolg‘on xabarlarga ishonib qolishayotganida. Tez kunlarda qonunchilikda belgilangan rasmiyatchilik ishlari yakunlanib, ushbu xonadon Nodirbek Abdusattorovga topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida senzura yo‘q, biroq bu sizga asoslanmagan, yolg‘on va bo‘hton xabarlar tarqatish huquqini bermaydi”.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 28 dekabr kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polsha poytati Varshavada o‘tkazilgan jahon chempionatida tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 17 yoshli shaxmatchi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti, Toshkent shahridan 2 xonali uy va 250 million so‘m pul bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov FIDE Shaxmat Rapid Turizm va sport vazirliga

Baholaganlar

1265

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing