Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik shaxmatchi jahonning Top-3 ligiga kirdi
Sport
−
11:12 1959 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov FIDE’ning klassik shaxmat bo‘yicha jonli reytingida ilk bor jahonning eng kuchli uch shaxmatchisi qatoridan joy oldi. Bu haqda “Uzchess” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston shaxmati tarixidagi ilk shunday natija hisoblanadi.
AQSH chempionatida Fabiano Karuana Endi Vudvordga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Javohir Sindarov 2782 reyting ochkosi bilan jahonning uchinchi raqamli shaxmatchisiga aylandi. Undan yuqori o‘rinlarda Magnus Karlsen (2823) va Hikaru Nakamura (2792) bormoqda.
Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham jahonning eng kuchli shaxmatchilari qatorida bormoqda. U 2780 reyting ochkosi bilan FIDE’ning klassik shaxmat bo‘yicha jonli reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Sindorov joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoaviy oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov joriy yilning 24 noyabridan 12 dekabriga qadar Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon toji uchun bahslarda ishtirok etadi.
Live
Barchasi