Shahzodalar Garri va Uilyam shahzoda Filippning dafn marosimida janjallashgan — OAV 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirollik insayderi, britaniyalik tarixchi va biograf Robert Leysining ma’lum qilishicha, shahzoda Uilyam ukasi shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni yoqtirmaydi. Shu sababli u ukasi bilan Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Filippning dafn marosimida ham janjallashgan. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.  

Leysining so‘zlariga ko‘ra, Uilyam va Garri o‘rtasidagi nizolar taxminan uch yil oldin boshlangan, ammo Britaniya shahzodalarining yaqinlari Filippning dafn marosimida ularning yarashishiga umid qilgan. Biroq, aka-ukalar marosim paytida o‘zlarini yaxshi tutganiga qaramay, ular o‘rtasidagi ziddiyat tashqarida davom etgan. 

“Mana ular, har doimgidek bir-birlarining tomog‘ini tishlashga tayyor”, degan janjal guvohlaridan biri Leysiga. 

Insayderga ko‘ra, Uilyam va Garri o‘rtasidagi janjalga Megan Markl aybdor. 

Avvalroq, Uilyam Megan Marklni “o‘g‘irlikda” ayblagani haqida xabar bergandik. 

Keyinchalik, Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton shahzoda Garri hamda Megan Markl bilan uchrashish uchun AQSHga maxfiy sayohat qilishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Garri Uil'yam

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing