Shahzoda Uilyam kelini Megan Marklni “o‘g‘irlikda” aybladi 

Olam

image

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam ukasi, shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni “o‘g‘irlikda” aybladi. Bu haqda britaniyalik tarixchi va biograf Robert Leysi o‘zining yangi “Aka-ukalar jangi: Uilyam va Garri — do‘stlik va adovat” kitobida yozgan. “The Sun” nashri undan parcha keltirgan. 

Muallifga ko‘ra, Kembrij gersogi Uilyam Markl uning “sevimli ukasini” o‘z oilasidan “o‘g‘irlash” bo‘yicha maxfiy rejani bajaryapti, deb o‘ylamoqda. Bundan tashqari, Uilyam Sasseks gersoginyasi Marklni “monarxiyaning ba’zi qimmatli tamoyillariga putur yetkazadi”, deb hisoblaydi. 

“Uilyam o‘zini “xiyonatdan jabrlangan”dek his qiladi, uning rafiqasi Keyt Middlton esa “Markldan boshidan qo‘rqardi”, deb yozgan tarixchi Leysi. 

Yozuvchiga ko‘ra, shahzoda Garri bulardan xabar topgan, shu sababli u akasidan xafa bo‘lib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining oila a’zolariga nabirasi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning haqiqatga mos kelmaydigan har qanday bayonotlarini rasmiy ravishda rad etishga ruxsat bergandi.  

Bunga Sasseks gersogi Garrining yangi tug‘ilgan qiziga Lilibet ismini bergani sabab bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl joriy yilning 4 iyun kuni ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Qizaloqqa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Garrining onasi — malika Diana sharafiga Lilibet Diana deya ism qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Yelizaveta II ni tor oilaviy doirada Lilibet deya chaqirishadi.    

Hozirda shahzoda Garri va uning rafiqasi Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. Ularning ilk farzandi Archi 2019 yil 6 mayda dunyoga kelgan. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Garri shahzoda Uil'yam

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing