Shahzoda Garri va Megan Marklning intervyusi qanchaga sotiladi?
Olam
−
06 mart 2021
3945Amerikaning CBS telekanali jurnalist Opra Uinfrining shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl bilan bo‘lgan intervyusini translyatsiya qilish huquqi uchun 9 million dollargacha litsenziya to‘lovlarini to‘laydi. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, CBS va Uinfrining "Harpo Productions" prodyuserlik kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida telekanal 7 mln dollardan 9 mln dollargacha to‘laydi.
Ikki soatlik intervyu CBS telekanalida ertaga, 7 mart kuni namoyish etiladi.
Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, CBS reklama xaridorlaridan intervyu translyatsiyasi paytida 30 soniya efir vaqti uchun taxminan 325 ming dollar talab qiladi, bu odatdagi reklama vaqtidan ikki baravar ko‘p.
Shahzoda Garri va Megan Marklning vakili ularga intervyu uchun kompensatsiya berilmayotganini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, suhbat davomida shahzoda Garri onasi malika Diana haqida ham gapirgandi.
LiveBarchasi