Megan Markl otasi bilan aloqasini uzgani ma’lum böldi

Olam

−

image

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025 yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, unga farzandlari bilan uçraşişga ruxsat bermasligini va u bilan boşqa aloqaga çiqmasligini bildirgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, maktubda otasiga nisbatan yoş qizlarga jinsiy zöravonlik qiliş haqidagi da’volardan xabardor ekani ham bildirilgan. Maktub Tomas Markl Filippinda oyoği amputatsiya qilinganidan keyin şifoxonada davolanayotgan paytda yuborilgan.

Avvalroq, Tomas Marklning Filippindagi sobiq uyidan bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikka oid materiallar topilgani haqida xabarlar tarqalgan. Uning öğli, Megan Marklning ögay ukasi kiçik Tomas Markl, otasining buyumlari orasidan şunday tasvirlar va videolarni topganini aytgan. U bu haqda AQŞ Federal qidiruv byurosiga (FQB) ham murojaat qilgani ma’lum qilingan.

FQB mazkur da’volardan xabardor ekanini tasdiqlagan. Filippin rasmiylari ham holat yuzasidan tekşiruv boşlagan. Mamlakat Içki işlar vaziri Jonvik Remula politsiya Tomas Marklning kompyuterini olib qöyganini va unda raqamli ekspertiza ötkazilişini bildirgan


Tomas Markl esa öziga qöyilayotgan ayblovlarni rad etmoqda. U “Mail on Sunday” naşriga bergan intervyusida Filippinga avvalgi safarlari davomida jinsiy xizmatlar uçun pul tölaganini tan olgan, biroq voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqada bölganini va bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik tasvirlariga ega bölganini inkor qilgan.

Megan Markl joriy yilning 23 oktyabr kuni e’lon qilgan bayonotida otasi bilan munosabatlarini deyarli butunlay uzganining sabablariga ham töxtalgan. U otasiga oid taşvişli ayblovlar haqida ma’lum qilgan va ehtimoliy jabrlangan bolalar haqida qayğurayotganini bildirgan. Şuningdek, nima sababdan otasiga farzandlari bilan muloqot qilişga ruxsat bermaganini tuşunişlarini istaşini aytgan.

Buyuk Britaniya poytaxti London politsiyasi 2019 yilda Tomas Marklga oid bir qator da’volar aks etgan maktubni olganini tasdiqlagan. Öşa vaqtda maktub haqida Sasseks gersogi va gersoginyasiga ma’lumot berilgan. Hozirda politsiya uşbu holatga qanday munosabat bildirganini qayta körib çiqmoqda.

Megan Markl va otasi örtasidagi munosabatlar 2018 yilda, uning şahzoda Garri bilan töyidan oldin yomonlaşgan. Tomas Markl soğliği bilan boğliq muammolar sabab töyda qatnaşmagan. U ötgan yili bir neça marta insultni boşdan keçirganidan keyin Filippinga köçib ötgan. Oyoği amputatsiya qilinganidan söng esa AQŞning Florida ştatidagi reabilitatsiya markazida davolanayotgani xabar qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III şahzoda Garri va uning rafiqasi Meganning mamlakatga qaytganidan keyin ham qirollik oilasining rasmiy vazifalarni bajarmaydigan a’zolari bölib qolişini yana bir bor tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing