Megan Markl Nigeriyada: u ikkiyuzlamachilikda ayblandi
Olam
−
11 may 2024 11182 1 daqiqa
Sasseks gersoginyasi Megan Markl Nigeriyada "Vindzor" libosida ko‘rinish bergani uchun ikkiyuzlamachilikda ayblandi. Bu haqda "Harper" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, gersoginya 2018 yilgi "Vindzor" kolleksiyasidan joy olgan, dizayner Xaydi Merrik tomonidan zeb berilgan libosini kiygani uchun tanqidga uchragan. Meganning xeyterlariga ko‘ra, shahzoda Garrining xotini qirollik vakolatlaridan voz kechgani uchun bunday kiyimlarni kiya olmaydi.
Ma’lumot uchun, kecha, 10 may kuni shahzoda Garri va Megan rasmiy tashrif bilan Nigeriyaga borgan. Er-xotin Nigeriya mudofaa shtabi boshlig‘ining taklifiga ko‘ra mamlakatga tashrif buyurib, shtab rahbari bilan uchrashgan, tushdan keyin shahzoda Garri shifoxonada yaralangan harbiy xizmatchilar holidan xabar olgan.
Eslatib o‘tamiz, ingliz nashrlarida Britaniya qiroli tojni merosxo‘ri shahzoda Uilyamga topshirish rejasini ishlab chiqayotgani, bu esa qirolning yana bir saroydan bosh olib ketgan o‘g‘li shahzoda Garridan sir saqlanayotgani haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025