“Daydi to‘tining qaytishi”. Shahzoda Garri oilasi bilan Britaniyaga yetib keldi – OAV
Olam
−
16:41 1437 2 daqiqa
Shahzoda Garri turmush o‘rtog‘i Megan Markl va farzandlari bilan Buyuk Britaniyaga yetib keldi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Qayd etilimshicha, Sasseks gersoglari qirollik oilasi bilan yuz bergan nizodan so‘ng olti yildan ortiq vaqt davomida qo‘nim topgan AQSHdan ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.
Kaliforniyadan uchib kelgan charter reys mahalliy vaqt bilan soat 11:56 da Birmingem xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Juftlikning farzandlari – yetti yoshli shahzoda Archi va besh yoshli malika Lilibet Britaniya maktablariga qabul qilingan va sentyabr oyidan o‘qishni boshlaydi. Oila London yaqinidagi shaxsiy qarorgohda yashashni rejalashtirmoqda. Biroq aniq joy oshkor qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda shahzoda Garri rasman qirollik oialsi vakili vazifalarini bajarishdan voz kechgan. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati uni davlat himoyasidan mahrum qilgan. Garri bunga qarshi chiqib, oilasi xavfsizligini o‘z hisobidan ta’minlay olmasligini aytgan va qirollik oilasi bilan bo‘lgan nizolar tufayli xavfsizlik xavflari borligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan qirollik oilasining bosimi ostida hukumat undan himoyani olib tashlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sasseks gersoglari Kaliforniyadagi olti yillik hayotdan so‘ng Buyuk Britaniyaga qaytishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ular Britaniyada “uzoq vaqt” yashashmoqchi, ammo “xalqaro oila” sifatida, ya’ni Kaliforniya va Portugaliyadagi uylarini saqlab qolgan holda. Manbalarning aniqlik kiritishicha, gersoglar qirollik oilasining amaldagi a’zolari maqomini qayta tiklash niyatida emas.
Live
Barchasi