Shahzoda Garri onasi malika Diananing taqdiri o‘zida takrorlanayotganini aytdi
Olam
−
01 mart 2021
7497Sasseks gersogi Garri rafiqasi Megan Markl bilan birgalikda mashhur amerikalik jurnalist Opra Uinfriga intervyu berdi. Suhbat davomida u onasi malika Diana haqida ham gapirgan. Bu haqda "BBC" xabar bermoqda.
Shahzoda Garri bir vaqtlar Uels malikasi bilan bo‘lgan voqea o‘zi bilan takrorlanayotganidan xavotirda ekanini tan olgan.
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi ushbu og‘ir paytlarda rafiqasi Megan Markl uning yonida bo‘lganidan xursand ekanini aytgan.
Gersog malika Diana 1996 yilning avgust oyida eri, Uels shahzodasi Charlz bilan ajrashgani sababli qirollik oilasini tark etganda nimalarni boshdan kechirganini tasavvur ham qila olmasligini ta’kidlagan. O‘shanda malika Diana qirollik oliy martabasidan voz kechgan.
Avvalroq, gersog va gersoginya Garri va Megan Britaniya Qirollik oilasiga a’zolik maqomidan va unga qo‘shib berilgan qirollik vazifalaridan butunlay voz kechgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.
2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular buni moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilgan. Ushbu qaror 2020 yil mart oyida kuchga kirdi. Shahzoda bir yil ichida fikrini o‘zgartirishga haqli edi.
LiveBarchasi