Shahzoda Garri qirollik hayotini hayvonot bog‘iga o‘xshatdi
Olam
−
14 may 2021
5608Buyuk Britaniya shahzodasi Garri o‘zining avvalgi hayotini hayvonot bog‘i va asosiy qahramoni televizion ko‘rsatuvda yashovchi “Trumen shousi” filmi bilan taqqosladi. U bu haqda aktyor Daks Shepard bilan suhbat chog‘ida gapirgan, deb xabar bermoqda “Sky News”.
Sasseks gersogi oila qura olmasligi yoki onasi, Uels malikasi Diananing fojiali taqdiri o‘zida takrorlanishidan qo‘rqib, 20 yoshida qirollik oilasini tark etishni o‘ylagani haqida gapirgan.
“Bu mening ishim edi. Men shunchaki tabassum qildim va chidadim”, degan Garri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining taqdiri farzandlarida takrorlanishini ham xohlamagan.
Shuningdek, shahzoda uning o‘zgarishiga yordam bergan psixoterapiya tafsilotlari haqida gapirgan.
“Terapiyani boshlashim bilan menda shunday his paydo bo‘ldi: men boshimni qumdan tortib, uni yaxshilab silkitib, nihoyat tartibga kelgandek bo‘ldim”, degan u.
Bundan tashqari, shahzoda Garri Londondagi supermarketda bo‘lajak rafiqasi Megan Markl bilan ilk yashirin uchrashuvlari haqida gapirgan. Uning aniqlik kiritishicha, uchrashuvlar davomida sevishganlar bir-birlarini tanimaydigandek tutishgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi. Ammo shahzoda Garri Britaniya taxtiga navbatda turgan oltinchi shahzoda bo‘lib qolmoqda.
LiveBarchasi