Media kompaniyalar shahzoda Garridan voz kechmoqda

Olam

image

Shvetsiyaning Spotify audio va media xizmatlari provayderi Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi aktrisa Megan Markl bilan shartnomalarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Provayder va qirollik oila a’zolari o‘rtasidagi shartnoma 3 yillik hamkorlik, 20 million AQSH dollari va atiga 13 ta epizod kontentidan so‘ng shu haftada bekor qilindi.  

"Forbes" jurnalining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil dekabrda imzolangan shartnoma 15-25 million AQSH dollari atrofida baholangan.

Kompaniya direktori Daniyel Ek bu vaziyatni Spotify auditoriya talablariga javob bermaydigan har qanday kontentdan voz kechmoqchi ekani bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniya uchun “ortiqcha harajat”. 

"Biz endi kelajakdagi kontent bitimlariga qanday sarmoya kiritishda juda e’tiborli bo‘lamiz. Ishlamaydiganlar bilan esa hamkorlikni davom ettirmaymiz”, dedi janob Ek BBC'ga bergan intervyusida.

Juftlikning 2020 yil Netflix bilan imzolagan 100 million dollarlik shartnomasi ham xavf ostida bo‘lishi mumkin. O‘tgan yilgi Garri va Megan haqidagi hujjatli filmlar 2022 yildagi eng ko‘p tomosha qilingan dastur bo‘lgan bo‘lsada, Netflix'ning keyingi seriyalar uchun rejalari yo‘q va er-xotinning shartnomasi uzaytirilishi dargumon. Kompaniya xo‘jayinlari Meganni “o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan”likda va iqtisodiy haqiqatni tushunmaganlikda ayblamoqda. 

Ma’lumot uchun, juftlik 3 yil avval qirollik oilasidan iste’foga chiqqan. Shundan so‘ng ular qiymati 135 million dollardan ortiq deb baholangan telemateriallar, filmlar, podkastlarni tayyorlagan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shahzoda Garri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing