Shahzoda Garri 4 ta kitob chiqarmoqchi. Ulardan biri Yelizaveta II vafotidan so‘ng nashr etiladi

Olam

image
Megan Marklning otasi sudga murojaat qilmoqchi. Uning maqsadi nima?  north_east

Megan Marklning otasi sudga murojaat qilmoqchi. Uning maqsadi nima? 

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri Britaniyaning Penguin Random House nashriyoti bilan o‘z xotiralaridan iborat to‘rtta kitobni nashr etish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda “Daily Mail” o‘z manbalariga asoslanib xabar tarqatgan.  

Ta’kidlanishicha, ikkinchi kitob Garrining buvisi — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning vafotidan keyingina nashr etiladi. 

Sasseks gersogining rasmiy bayonotida faqat bitta kitob haqida so‘z yuritilgan. Yana uchta kitob borligi haqida bilgan britaniyaliklar nevarasi o‘z xotiralarini nashr etishini qirolicha ma’qullamaydi, deb o‘ylay boshlagan. 

Ta’kidlanishicha, shahzoda Garri yozganlarini kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Dastlabki taklif 25 million dollarni tashkil qilgan, yakuniy taklif taxminan 40 million dollarga yetadi deb taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Garri o‘z memuarlari evaziga nashriyotdan 20 million dollar olgan. “Daily Mail” nashri Buyuk Britaniya fuqarolari orasida so‘rovnoma o‘tkazgan, ishtirokchilarning uchdan ikki qismi gersogning ochiq tarzdagi memuarlarini o‘qishga “umuman qiziqmasligini” aytgan. 

Aniqlik kiritilishicha, gersogning rafiqasi Megan Markl ham Penguin Random House nashriyoti bilan o‘z kitobini nashr etish uchun shartnoma imzolagan. 

Avvalroq, Megan Marklning otasi Tomas Markl nabiralari Archi va Lili bilan ko‘rishish imkoniyatini ta’minlash uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

kitob memuar Garri

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing