Turkiyada “Mirziyoyev doktrinasi” nomli kitob çop etildi
Jamiyat
−
11:54 566 3 daqiqa
Turkiya poytaxti Anqara şahrida “Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi” kitobining turk tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya örtasidagi oliy darajadagi taşrif ortidan ötkazilgan tadbir Turkiya Prezidenti Administratsiyasining Jamoatçilik bilan aloqalar departamenti, Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TİKA) hamda Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi hamkorligida taşkil etilgan. Unda Turkiyaning siyosiy va jamoat arboblari, olimlar, siyosatşunoslar, yetakçi ekspertlar, rasmiy doiralar, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan. Taqdimot davomida sözga çiqqanlar asarning asosiy ğoyasi, konseptual asoslari va ilmiy-amaliy ahamiyati haqida atrofliça söz yuritgan.

Qayd etilişiça, tadbir iştirokçilarining e’tiborini tortgan asosiy jihatlardan biri –kitobda Özbekistonning sönggi ön yillikdagi taraqqiyot yöli va taşqi siyosiy faoliyati alohida voqealar yoki taşabbuslar kesimida emas, balki yagona strategik va siyosiy-falsafiy yondaşuv asosida tahlil qilingani.
Asarda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan Yangi Özbekiston islohotlari, davlat boşqaruvidagi özgarişlar, taşqi siyosat ustuvorliklari va xalqaro hamkorlikning yangi yönalişlari özaro uzviy boğliqlikda yoritilgan.

Xususan, oçiqlik, pragmatizm, inson manfaatlari ustuvorligi, yaxşi qöşniçilik, mintaqaviy hamkorlik, özaro işonç va xalqaro şeriklik tamoyillari zamonaviy Özbekiston diplomatiyasining asosiy mezonlari sifatida körsatilgan.
Turkiyalik iştirokçilarning fikriça, bugungi kunga qadar Yangi Özbekistondagi islohotlar va Prezident taşabbuslariga bağişlangan köplab maqolalar, tahliliy materiallar va tadqiqotlar e’lon qilingan bölsa-da, uşbu jarayonlarni yagona ilmiy yondaşuv asosida tizimlaştirib, ularning içki mantiği, özaro boğliqligi va strategik mohiyatini oçib beruvçi fundamental asarlarga ehtiyoj mavjud edi.
“Mirziyoyev doktrinasi” aynan şu ehtiyojni qondirişga qaratilgan muhim ilmiy-intellektual işlardan biri sifatida baholangan.
Taqdimotda alohida ta’kidlanişiça, bugungi tez özgarayotgan va beqaror xalqaro vaziyatda davlatlarning taşqi siyosiy yönalişi, strategik maqsadlari va hamkorlik tamoyillari aniq hamda tuşunarli bölişi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Şu nuqtai nazardan, Özbekiston taşqi siyosatining yaxlit doktrina sifatida şakllantirilişi mamlakatning xalqaro maydondagi pozitsiyasini, global va mintaqaviy masalalarga munosabatini hamda uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlarini anglaş imkonini beradi.
Turkiyalik ekspertlar Özbekiston Prezidentining mintaqada barqarorlikni mustahkamlaş, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik munosabatlarining yangi arxitekturasini şakllantiriş, muvozanatli strategik şeriklik aloqalarini rivojlantiriş va xalqaro maydonda muloqot hamda özaro işonç tamoyillarini ilgari surişdagi rolini alohida e’tirof etgan.
Taqdimotda Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlarning bugungi yuksak darajasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Iştirokçilar ikki mamlakat yetakçilari örtasida qaror topgan işonçli muloqot, özaro hurmat va strategik hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholagan.
Tadbir yakunida kitob taqdimotlarini Turkiyaning boşqa şaharlarida ham ötkaziş, şuningdek, yetakçi rasmiy va jamoatçilik vakillari iştirokida mavzuga doir davra suhbatlari hamda brifinglar taşkil etiş böyiça kelişuvga erişilgan.
Live
Barchasi