Megan Marklning otasi sudga murojaat qilmoqchi. Uning maqsadi nima? 

Olam

image
Shahzoda Uilyam kelini Megan Marklni “o‘g‘irlikda” aybladi  north_east

Shahzoda Uilyam kelini Megan Marklni “o‘g‘irlikda” aybladi 

Buyuk Britaniya shahzodasi Garrining qaynotasi Tomas Markl (Megan Marklning otasi — tahr.) nabiralari Archi va Lili bilan ko‘rishish imkoniyatini ta’minlash uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “FoxNews” xabar bergan. 

Marklning aytishicha, nabiralari ota-onalarining gunohlari uchun azob chekmasligi kerak. 

“Archi va Lili yosh bolalar. Ular siyosatchilar emas. Ular o‘yinning bir qismi emas. Ular ham qirol oilasiga mansub va qirol oilasining boshqa a’zolari bilan bir xil huquqlarga ega. Yaqin kelajakda Kaliforniya sudlariga nabiralarimni ko‘rish huquqini so‘rab murojaat qilaman”, deya ta’kidlagan Markl. 

Shuningdek, u qirollik oilasini, xususan, Yelizaveta II ni qarindosh deb qabul qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan. Tomas uning tashrifidan har qanday vaqtda xursand bo‘lishini ta’kidlagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Megan Markl shahzoda Garri bilan turmush qurgan paytda ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. 

Avvalroq, Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam ukasi shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni yoqtirmasligi aytilgandi. Shu sababli u ukasi bilan Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Filippning dafn marosimida ham janjallashgani ma’lum bo‘lgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Megan Markl Tomas Markl

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing