Shahzoda Filippning dafn marosimiga kimlar taklif qilingani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bukingem saroyi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filippning dafn marosimiga taklif qilingan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.  

Marosimda qirolicha Yelizaveta II, ularning to‘rt farzandi turmush o‘rtog‘i bilan, sakkiz nabirasi turmush o‘rtog‘i bilan, qirolichaning jiyanlari - xonim Sara Shatto turmush o‘rtog‘i bilan va Snoudon grafi ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, Gloster va Kent gersoglari, malika Aleksandra, Baden shahzodasi, Gessen landgrafi, Gogenloe-Langenburg shahzodasi Filipp va Mauntbatten grafinyasiga taklifnomalar jo‘natilgan. 

"To‘rt kishidan iborat kichik xor Edinburg gersogi tanlagan musiqiy asarlarni ijro etadi", deyilgan xabarda. 

Mehmonlar ijtimoiy masofa saqlaydi. Bu qirolicha yolg‘iz o‘tirishini anglatadi. 

Tantanali yurish 17 aprel kuni soat 14:45 da (Toshkent vaqti bilan 18:45) qal’aning asosiy darvozasida boshlanadi, sakkiz daqiqadan so‘ng Avliyo Jorj ibodatxonasida tugaydi. 

Keyin shahzoda Filippning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanadi. Undan so‘ng tobut cherkovga yetkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 9 aprel kuni 99 yoshida vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Filipp

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing