Shahzoda Filippning dafn marosimi: shahzodalar Uilyam va Garri bobosini qanday kuzatadi?
Olam
−
16 aprel 2021
4068Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va uning ukasi Garri bobosi shahzoda Filippning dafn marosimida yonma-yon turmaydi. Bu haqda Bukingem saroyi tomonidan chop etilgan dafn marosimi tafsilotlariga tayangan holda xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, Edinburg gersogining dafn marosimida Uilyam va Garrini ularning ammavachchasi Piter Fillips ajratib turadi.
OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu qaror qirolicha Yelizaveta II tomonidan qabul qilingan.
"Barcha kelishuvlar kelishib olindi", deyilgan saroy xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, aka-ukalar o‘rtasidagi munosabat yaxshi emasligi to‘g‘risidagi mish-mishlar Garri va uning rafiqasi Megan Marl Opra Uinfri bilan suhbat uyushtirgandan so‘ng yanada kuchaygan.
Avvalroq, 9 aprel kuni 99 yoshida vafot etgan shahzoda Filippning dafn marosimi uchun repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Marosim Britaniya televideniyesida namoyish etiladi va koronavirusga qarshi xavfsizlik qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
LiveBarchasi