Bosh vazir shahzoda Filippning dafn marosimida qatnashmaydi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippning dafn marosimida qatnashmaydi. Bu haqda "Sky News" xabar bergan.  

Ma’lumki, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi cheklovlar sababli marosimda atigi 30 kishi qatnashishi mumkin. Bosh vazir esa joy egallamaslik uchun tadbirga bormaydi. 

Ta’kidlanishicha, Bosh vazir tadbirda ko‘proq qirol oilasining a’zolari qatnashishini xohlagan. 

Shuningdek, qirol oilasi a’zosi shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl ham marosimida ishtirok etmaydi. Hozirda farzand kutayotgan Megan Markl shifokorining tavsiyasi tufayli shunday qarorga kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, shahzoda Filippning dafn marosimi 17 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Jamoat marosimga kirish huquqiga ega bo‘lmaydi, ammo dafn marosimi televizor orqali namoyish etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Filipp

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing